#Xalqaro festival
Bugun 23-iyul kuni Turkiya Respublikasida 27-Xalqaro Buyukcekmece festivalining ilk kunida mahalliy ishtirokchilardan Turkiyaning Qorago‘z soya teatrining spektakl namoyishi keng tomoshabinlar ommasiga taqdim etildi. Spektakl namoyishidan so‘ng mazkur teatr rahbari Jengiz O‘zek har bir tomoshabin, jumladan bolalar bilan alohida jonli muloqot o‘tkazdi. Shuningdek, festivalning barcha qatnashchilari, xususan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari ham delegatsiya rahbari bilan birgalikda «Festival tarixi» muzeyiga ekskursiya uyushtirishdi. Jarayon taassurotlarga boy bo‘ldi. Kun tartibiga ko‘ra kechga yaqin Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrining festivaldagi chiqishi kutilmoqda. Unda O‘zbekona milliy urf- odat va an’analar aks etgan Lazgi raqsi to‘g‘risidagi «Xiva lazgisi» spektakli namoyish etiladi.

@Xorazmkukol
#Xalqaro Gastrol
Bugun 22-iyul kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi vakili D. Akramov boshchiligidagi delegatsiya bilan 27-Xalqaro Buyukcekmece festivalida ishtirok etish uchun Turkiya Respublikasiga yetib borishdi. Shu kunning o‘zida festival dasturi bilan tanishish jarayonlari tashkil etildi. Shuningdek, mazkur nufuzli festival ishtirokchilari hisoblangan Meksikaning Banyan Marionetas teatr rahbari Diego Ugalde hamda Turkiyaning Qorago‘z soya teatri rahbari Jengiz O‘zek bilan uchrashuv o‘tkazildi. Jarayon o‘zaro manfaatli suhbat va tajriba almashish tarzida tashkil qilindi.

@Xorazmkukol
#Xalqaro Gastrol
Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari 2026-yil 22-iyul kuni Turkiya Respublikasi Buyukcekmece shahrida o’tkaziladigan 27-Buyukcekmece Xalqaro festivalida ishtirok etish uchun safarga chiqishmoqda. Ijodkorlarga xalqaro sahnada ulkan zafarlar quchishlariga tilakdoshmiz!

@Xorazmkukol
2026-yil 11-iyul kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Urganch tumani va Xonqa tumanidagi bolalar oromgohlaridan tashrif buyurgan bolalar va o‘smirlar uchun teatr repartuaridagi «Karvon saroy» spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol
2026-yil 10-iyul kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xiva tumanidagi » Xiva Gulshan» bolalar oromgohida hordiq chiqarayotgan bolalar uchun teatr repertuaridagi «Xiva lazgisi» spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol