2024-yil 6-7 mart kunlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrining Ichan qal’a xududida turizmni rivojlantirishga qaratilgan tarixiy ahamiyatga ega loyiha aosidagi teatrlashtirilgan chiqishlarini taqdim etishib, xorijiy va mahalliy sayyoxlarga o’zgacha kayfiyat ulashishdi.
2024-yil 5-mart kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri bir guruh ijodkorlari «Xiva 2024 yil Islom dunyosi turizm shahri» xalqaro tadbiri press konferensiyasi qatnashchilarini Ichan qal’a xududida tantanali kutib olish jarayonlarida alohida faollik ko’rsatib, tarixiy axamiyatga ega teatrlashtirilgan tomoshalar hamda milliy qo’g’irchoq o’yinlari bilan mehmonlarni xushnud etishdi.
2024-yil 4-mart kuni Xorazm viloyati qo’g’rchoq teatriga Xiva shahridagi «Nurli Maskan » ixtisoslashtirilgan davlat maktab — internati o’quvchi yoshlari tashrif buyurib teatr repertuaridagi «Ur to’qmoq» spektaklini tomosha qilishdi.
2024-yil 1-mart kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari tarixiy ahamiyatga ega yangi loyiha asosidagi teatrlashtirilgan tomoshalarini boshlashdi. Ushbu loyiha doirasiga kiruvchi «Xon va saroy a’yonlarining yurishi», «Milliy qo’g’irchoq o’yinlari » kabi tomoshalar teatr va Ichan qal’a muzey qo’riqxonasi o’rtasidagi o’zaro shartnomaga binoan «Ichan qal’a» xududida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun namoyish etildi.
2024-yil 28-fevral kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva Turizm va madaniy meros texnikumi, 6-son umumiy o’rta ta’lim maktabi hamda MTTga ijodiy safar uyushtirishib, repertuardagi «Sayyor teatr tomoshalari» va «Quvnoq tomosha» spektakllarini namoyish etishdi.