Янгиликлар

2024-yil 27-fevral kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatriga Xiva shahar Olimpia va milliy sport turlari bo’yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati jamoasi tashrif buyurib, teatr repertuaridagi «Sayyor teatr tomoshalari» spektaklini tomosha qilishdi.

2024-yil 27-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining o’rinbosari M.A.Majidov Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining yangi binosi qad rostlayotgan Xiva shahridagi Najmiddin Kubro ko’chasidagi qurilish jarayonlari bilan shaxsan tanishdi. Tashrif doirasida keng ko’lamli qurilish — tiklash ishlariga guvoh bo’lib, teatr ma’muriyati va jamoasi tomonidan bildirilgan takliflarni o’rganib chiqishini ma’lum qildi, shuningdek, o’zining bu boradagi maslahatlari bilan ham o’rtoqlashdi.

2024-yil 26-fevral kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatriga tashrif buyurgan Xiva shahridagi 3-son umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilari xamda ustozlar uchun teatr repertuaridagi «Sayyor teatr tomoshalari» spektakli namoyish etildi. Spektakl 3 ta seansda taqdim etilib, tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

2024-yil 24-fevral kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatriga tashrif buyurgan Barkamol Avlod bolalar maktabi ishchi-xizmatchi xodimlari hamda o’quvchi yoshlari uchun teatr repertuaridagi «Ur to’qmoq» spektakli namoyish etildi.

Ўзбекистон Республикаси Маданият вазири ўринбосари Юсуфжон Усмонов Хива шаҳрида янги қурилаётган вилоят қўғирчоқ театри биносига ташриф буюриб, қурилиш жараёнини кўздан кечирди.
Янги бино жорий йилда фойдаланишга топширилиши режалаштирилган бўлиб, 170 томошабин ўрнига мўлжалланган.
Ташриф давомида мутасаддиларга тегишли тавсиялар берилиб, келгусидаги режалар белгилаб олинди.