Янгиликлар

2024-yil 23-24 fevral kunlari Xorazm viloyati qòģirchoq teatri bir gurux ijodkorlari Xiva tumani umumiy òrta ta’lim maktablarida teatr repertuaridagi «Sayyor teatr tomoshalari» va «Quvnoq tomosha» spektakllari namoyish etishdi.

2024-yil 21-fevral kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida Xiva Shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi ishchi xizmatchi xodimlari uchun teatr repertuaridagi «Sayyor teatr tomoshalari» spektakli namoyish etildi.

2024-yil 20-21 fevral kunlari Xorazm viloyati qòģirchoq teatri bir gurux ijodkorlari Xiva tumani umumiy òrta ta’lim maktablari xamda MTTlarda teatr repertuaridagi «Sayyor teatr tomoshalari» va «Quvnoq tomosha» spektakllari namoyish etishdi.

2024 -yil 20 -fevral kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatrida ikki buyuk adib Òzbekiston Xalq shoiri Omon Matjon hamda Matnazar Abdulhakim tavalludlari munosabati bilan adabiy -badiiy davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Xiva tongi gazetasi muharriri Sherjon Masharipov, Xiva shahar Markaziy kutubxonasi xodimlari va shoirlar she’riyatiga befarq bòlmagan yoshlar ishtirok etishdi. Atoqli adiblar ijodi yuzasidan Sherjon Masharipov, teatr direktòri Davronbek Atabayev, teatr adabiy bòlim mudiri Davlatnazar Yusupovlar ma’ruza qilishdi. Teatr aktorlari ikki uluģ ijodkorlar qalamiga mansub she’rlarni ifodali òqishdi. Teatr jamoasi iqtidorli ijodkorlari Davronbek Ataxonov, Oybek Ibraximov, Abduyoz Matchanov hamda Sevara Boģibekovalar ijrosida maskur shoirlarning she’rlari asosida yaratilgan diltortar qo’shiqlar ijro etildi.

2024-yil 15- fevral kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xiva tumanidagi MTTlarda teatr repertuaridagi  «Quvnoq tomosha» spektaklini  namoyish etishdi. Shuningdek, Xiva shahridagi 5-son umumiy òrtata’lim maktabi òquvchilari uchun teatr binosida » Sayyor teatr tomoshalari» spektakli taqdim etildi.