2024-yil 7 — fevral kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamosi Xiva shaxridagi umumiy òrta ta’lim maktabida repertuardagi » Sayyor teatr tomoshalari» spektaklini namoyish qilishdi.
2024-yil 7 — fevral kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamosi Xiva shaxridagi umumiy òrta ta’lim maktabida repertuardagi » Sayyor teatr tomoshalari» spektaklini namoyish qilishdi.
2024-yil 8-fevral kuni — «9-fevral — Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi » munosabati bilan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida adabiy — badiiy tadbir tashkillashtirildi. Tadbirda teatr direktori, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev, teatr adabiy bòlim mudiri Davlatnazar Yusupovlar sòzga chiqib, bobokalonimizning ibratli xayot tarzi va boy adabiy merosi tòģrisida atroflicha tòxtalib òtishdi. Badiiy qismda teatr ijodkorlari Davronbek Ataxonov, Oybek Ibroximov va Sevara Boģibekovalar Navoiy ģazallari asosida klassik ashulalar ijro etishdi. Shuningdek teatr aktyorlari Navoiy sheriyatidan namunalarni ifodali òqishdi.
Òzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 22-dekabr kuni òtkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi kengaytirilgan yiģilishi davomida berilgan topshiriqlar bòyisha 50-sonli bayonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2024 yil 7- fevral kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida Xiva Tibbiyot texnikumi talabalari hamda Xiva shahridagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi va òquvchilari uchun «Ur tòqmoq » spektakli namoyish etildi.
Òzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 22-dekabr kuni òtkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi kengaytirilgan yiģilishi davomida berilgan topshiriqlar bòyisha 50-sonli bayonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2024 yil 5-fevral kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida Xiva shahar Nurli Maskan ixtisoslashtirilgan maktab — internati òquvchilari uchun » Shohsanam va Tulpor » spektakli xayriya tarzida namoyish etildi.
Xiva shahrining Yangi turmush mahallasining Najmiddin Kubro ko’chasida ajratilgan hududda Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri yangi binosining qurilish jarayonlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.
Ayni paytda xonalarning tashqi tomondan plastik rom-derazalari o’rnatildi. Teatrning tomosha zali tom qismini metal konstruksiyalar bilan yopish ishlari tez sur’atlar bilan sifatli amalga oshirilmoqda.
Tashqi devorlar bazalt qoplamalari bilan qoplanib, ustki suvoq ishlari ham boshlandi.