Xiva shahrining “Yangi turmush” mahallasi xududida ajratilgan maydonda quruvchi tashkilot — Xiva Qurilish MChJ tomonidan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri yangi binosining qurilish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda. Hozirda binoning deraza romlarini o’rnatish ishlari yakuniy bosqichga yetib keldi. Shuningdek, inshoot devorlarining tashqi qismiga tashqi ta’sirlar (issiq -sovuq) dan himoya qiluvchi maxsus qoplamalar o’rnatilmoqda hamda suvoq ishlari bajarilmoqda.
2024-yil 20-yanvar kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining Vokal bo’yicha repetitori Oybek Ibrohimov jamoa aktyorlari uchun «Vokal mashg’ulotlari» ni o’tkazdi.
2024-yil 17-yanvar kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodiy xodimlari respublika bo’ylab o’tkazilayotgan «Mahallada dud duv gap» tadbirlari doirasida Xiva shahridagi № 6-11 son umumta’lim maktablarida tashkil qilgan uchrashuvlarda faol ishtirok etishdi. Mazkur tadbirda teatr adabiy bo’lim mudiri D.Yusupov, teatr oliy toifali aktyori U.Allaberganov hamda teatr I-toifali aktyori E .Atabayevlar qatnashdi.
2024-yil «14 — yanvar — Vatan ximoyachilar kuni» munosabati bilan Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida tantanali tadbir òtkazildi. Teatrning xotin- qizlaridan iborat xodimlari erkak xodimlarni ajoyib sahna kòrinishlari hamda sovģalar bilan tabriklashdi.
🎭🎭🎭
TA’TIL MAROQLI O’TMOQDA
✳️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2023-yil 30 dekabrdagi №841-F farmoyishiga asosan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi 2024-yil 13-yanvar kuni viloyatning eng chekka hududlaridan xisoblangan Xazarasp hamda Tuproqqal’a tumanlarida repertuardagi “Grinch yangi yil òģrisi” spektaklini namoyish qilishib, yosh tomoshabinlarga katta taassurotlar baģishlashdi.