O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi Xorazm viloyati Boshqarmasiga qarashli Urganch shahar 26-son KTIMTTda Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari tomonidan bayramona kayfiyat bag‘ishlaydigan «Yangi yil sarguzashtlari» teatrlashtirilgan dasturi namoyish etilib, bolajonlarga zavqu-shavq ulashildi.

2024-yil 20 dekabr kuni Xiva shaxridagi 12-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurib, B. Matniyazovning yangi yil sarguzashtlariga boy bo‘lgan «Qorboboga maktub» spektaklini maroq bilan tomosha qilishdi.

TEATRIMIZDA YANGI YIL
✅Xorazm viloyati Qo‘g‘irchoq teatri jamoasi yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan 2024-yil 16-dekabrdan 10-yanvar kuniga qadar, «Qorboboga maktub» nomli spektakli bilan bolajonlar uchun yangi yil teatr tomoshasini namoyish etadi.
Murojaat uchun:
📞(91)422-22-29
📞(91)433-34-56
🗓 Barchangizni teatr tomoshalariga taklif etamiz.
2024-yil 19-dekabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchila uchun B. Matniyazovning «Qorboboga maktub» yangi yil sarguzasht spektakli to‘rt seansda namoyish etildi va tomoshabinlarga bayramga xos ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

#Gastrol
Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ijodiy gastrol safari davom etmoqda. Safar doirasida teatr ijodkorlari Nukus shahridagi «Nogironligi bo‘lgan ayollar Muruvvat uyi» da repertuardagi M. Quryazovning «Afandi hangomalari» spektakli namoyish etishib, kemtik ko‘ngillarga xursandchilik ulashishdi.
