Янгиликлар

2023-yil 19 — noyabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri bir guruh ijodkorlari respublikamizda bòlib òtayotgan nufuzli tadbir qatnashchilariga Xiva shahrining Ichan qal’a majmuasiga tashriflari jarayonida teatrlashtirilgan sahna asarlari, qòģirchoq tomoshalarini namoyish etgan xolda madaniy xizmat kòrsatishdi.

2023-yil 18-noyabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Xiva shahri Ichan qal’a xududida mexmonlar uchun milliy qòģirchoq òyinlari, milliy xalq òyinlari hamda «58-Xon» teatrlashtirilgan maydon tomoshasini namoyish etishdi.

Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Òzbekiston Respublikasi Davlat bayroģi qabul qilingan kun doirasidagi Xiva shahrining Ichan qal’a xududida òtkazilgan tantanali tadbirda folklor chiqishlari bilan qatnashib, muxim sanaga baģishlangan madaniy tadbirning fayzli òtishiga òz munosib xissalarini qòshishdi.

Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari Ichan Qal’a bòylab maxalliy va xorijiy sayyoxlar uchun maxsus tayyorlangan teatr tomoshalarini davom ettirmoqda. Navbatdagi madaniy tadbir 2023-yil 15-16 noyabr  kunlari bòlib òtdi. Unda teatr jamoasi Xon va saroy a’yonlarining shoxona yurishini  xamda qòģirchoq aravasi badiiy kompozitsiyasi Shuningdek folklor chiqishlari  xam namoyish etildi.

2023-yil 16 — noyabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri  Xorazm viloyati Xokimligi topshiriģigiga binoan ishlab chiqilgan maxsus reja grafik asosida  Xiva tumanidagi Muxammad Rahimxon Feruz nomidagi Madaniyat markazida teatr repertuaridagi » Sayyor teatr tomoshalari» spektaklini  namoyish etib, kattayu kichik tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bòlishdi.