Янгиликлар

2024-yil 21-oktyabr — O’zbek tiliga davlat maqomi berilgan tabarruk sana munosabati bilan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida adabiy kecha tashkil etildi. «Til bayrami» dasturi davomida ijodkorlar o’zbek tilining o’ziga xos jihatlari, lug’atimizning boyligi va mukammalligi to’g’risida o’zaro muloqot tarzida o’rtoqlashdilar. Shuningdek, tadbirda adabiyotimizning yetuk vakillari qalamiga mansub she’rlar ifodali o’qildi. Teatr adabiy bo’lim mudiri Davlatnazar Yusupov mavzu bo’yicha ma’ruza qildi. Tadbir ishchan tarzda taassurotlarga boy ravishda bo’lib o’tdi.

2024-yil 17-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi Parlament va mahalliy kengashlarga o’tkazilayotgan saylovlar doirasida Ichan Qal’ada tashkil etilgan targ’ibot tadbirlarida Xon va saroy a’yonlari qiyofalarini aks ettirgan holda, shuningdek milliy qo’g’irchoq o’yinlarini namoyish etishib, tadbirga bayramonalik shukuhini bag’ishlashdi.

2024-yil 17-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi viloyatdagi madaniy muassasalar bilan birgalikda Shovot tumanidagi Yusuf Hamadoniy ziyoratgohida bo’lishib, buyuk alloma maqbarasini ziyorat qilishdi.