Янгиликлар

Teatrga maxsus maxorat darslarini tashkil etish maqsadida kelgan taniqli rejissor Yurgen Saxmann tashrifining birinchi kunidayoq òziga xos jamoaviy mashqlarni òtkazdi.

Shu kuni Yurgen Saxmann Xorazm viloyati qòģirchoq teatriga tashrif buyurdi. Mexmonni teatr jamoasi milliy kuy — qòshiqlar sadolari ostida òzgacha kòtarinkilik va xush kayfiyat bilan kutib olishdi.

2023-yil 30-oktyabr kuni erta tongda  Xiva shahar vokzalida Xorazm viloyati qòģirchoq teatrining kòp yillik ijodiy hamkori, teatr jamoasi va òzbek xalqining yaqin dòsti Germaniyaning Darmshtadt shahri «Xameleon» teatri rahbari, rejissor va pedagog Yurgen Saxmann  tantanali kutib olindi.

Xorazm viloyati qòģirchoq teatrining yangi loyixasi asosidagi Ichan Qal’a majmuasi bòylab teatrlashtirilgan òziga xos chiqishlari tobora òz samaralarini bermoqda. 27- Oktyabr kuni Xiva shahrining tarixiy markazida teatr tomonidan taqdim etilayotgan «Qòģirchoqlar aravasi» badiiy kompozitsiyati,  Xon va saroy a’yonlarining yurishlari xamda milliy folklor tomoshalari mahalliy va xorijiy sayyohlarga namoyish etildi.

Xorazm viloyati qòģirchoq teatrining yangi loyixasi asosidagi Ichan Qal’a majmuasi bòylab teatrlashtirilgan òziga xos chiqishlari tobora òz samaralarini bermoqda. 25-26  Oktyabr kunlari Xiva shahrining tarixiy markazida teatr tomonidan taqdim etilayotgan «Qòģirchoqlar aravasi» badiiy kompozitsiyati,  Xon va saroy a’yonlarining yurishlari xamda milliy folklor tomoshalari mahalliy va xorijiy sayyohlarga namoyish etildi.