2023 — yil 25-oktyabr kuni Xorazm viloyati qòğirchoq teatriga O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligidan biriktirilgan teatr sohasi yetuk mutaxassislaridan Òzbekiston san’at va madaniyat instituti professori, Teatrshunos olim Omonulla Rizayev, Òzbekiston Respublikasi teatr arboblari uyushmasi bosh mutaxassisi, Teatrshunos olim Toxir Dòstmuxammedovlar tashrif buyurib, 2023 — yil repertuar rejasining III — choragiga kiritilgan Marjona Rahmonovaning «Shohsanam va Tulpor» (Rej: G’.Xamrayev ) spektaklini badiiy kengash yig’ilishida ko’rib chiqishdi. Muhokama jarayonida òzlarining tegishli taklif va tavsiyalarini berishib, spektaklni repertuarga qabul qilish to’g’risida qaror qilishdi.
Xorazm viloyati qòģirchoq teatrining yangi loyixasi asosidagi Ichan Qal’a majmuasi bòylab teatrlashtirilgan òziga xos chiqishlari tobora òz samaralarini bermoqda. 23-24 Oktyabr kunlari Xiva shahrining tarixiy markazida teatr tomonidan taqdim etilayotgan «Qòģirchoqlar aravasi» badiiy kompozitsiyati, Xon va saroy a’yonlarining yurishlari xamda milliy folklor tomoshalari mahalliy va xorijiy sayyohlarga namoyish etildi.
#tabriklaymiz
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi “Guliston” va “Teatr” jurnallari birlashgan tahririyati bilan yil davomida faol hamkorlik o’rnatgani va soha rivojiga qo’shib kelayotgan ulkan hissalari uchun Òzbekiston Respublikasida xizmat kòrsatgan madaniyat xodimi, Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri direktori Davronbek Atabayevni Tashakkurnoma bilan taqdirlashdi.
🎭🎭🎭
21-OKTABR O’ZBEK TILI BAYRAMI KUNI
2023-yil 21-oktabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida Òzbek tiliga davlat maqomi berilgan tabarruk sana munosabati bilan Til bayrami doirasidagi davra suhbati tashkil etildi. Uni teatr direktori, Òzbekiston Respublikasida xizmat kòrsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev olib bordi. Tadbirda teatr adabiy bòlim mudiri Davlatnazar Yusupov nutq sòzlab, ona tilimizning boyligi, uning avlodlar uchun qadrli meros ekanligi tòģrisida atroflicha tòxtaldi. Shuningdek, teatr ijodiy xodimlari òz chiqishlarida ona tilimizni tarannum etuvchi she’rlar va monologlarni ifodali òqishdi.
2023-yil 19-oktyabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatriga Òzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining buyruģiga binoan Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilot va muassasalar faoliyatini òrganish va amaliy tavsiyalar berish bòyicha ishchi guruhi vakillari tashrif buyurib teatr faoliyatini òrganib òzlarining qimmatli tavsiyalarini berishdi.