Янгиликлар

2024 — yil 29-avgust kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag’ishlab bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda teatr bosh rejissori G.Yusupova va adabiy bo’lim mudiri D.Yusupovlar so’zga chiqib, jamoani Mustaqillik shodiyonasi bilan qizg’in qutlashdi. Jamoa a’zolaridan mehnatda faollik ko’rsatgan bir guruh ijodkorlar bayram munosabati bilan birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan taqdim etilgan savg’alar bilan taqdirlanishdi.

2024 — yil 29-avgust kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag’ishlab «Bir bo’lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz» shiori ostida Xiva shahridagi markaziy saylgohda o’tkazilgan bayram dasturida qatnashishdi. Tantanali bayram tadbirida teatr ijodkorlari tomonidan Jarchilar chiqishlari, shuningdek, ertak qahramonlari qiyofasidagi teatrlashtirilgan qompozitsiyalar namoyish etildi.

2024 — yil 28-avgust kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatr ijodkorlari O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag’ishlab «Bir bo’lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz» shiori ostidagi Xiva shahri miqyosida Farovon mehmonxonasida o’tkazilgan bayram telefestivalida munosib ishtirok etishdi.

2024 yil 28-avgust kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag’ishlab Xorazm viloyati Urganch shahrida o’tkaziladigan viloyat miqyosidagi hamda Xiva shahrida o’tkaziladigan bayram tantanalari oldidan tashkil etilgan yakuniy bosqichdagi repetitsiya jarayonlarida faol ishtirok etishdi.