Янгиликлар

2023-yil 15 avgust kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri bir gurux  ijodkorlari Xiva shaxridagi Oilavaiy MTTda teatr repertuaridagi «Quvnoq tomosha» spektaklini namoyish etishib, ushbu maskanda ta’lim — tarbiya oluvchi bolajonlarga bir olam xursandchilik ulashishdi.

2023-yil 14-avgust kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida teatr repertuar rejasi III-choragiga kiritilgan M.Rahmonovaning «Shoxsanam va Tulpor» spektaklining sahnalashtiruvchi rejissiyori G’ Xamrayev boshchiligida sahnalashtirish oldidan dastlabki o’qish (chitka) jarayonlari boshlandi.

Xorazm viloyati qòģirchoq teatri Xiva shahrida òtkazilgan an’anaviy QOVUN SAYLI RESPUBLIKA FESTIVALIda òzlarining òziga xos chiqishlari bilan munosib va faol ishtirok etib, mazkur katta tadbirda òzgacha shukux baģishlab, qatnashchilarga xushnudlik ulashishdi.

Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari Ichan Qal’a bòylab maxalliy va xorijiy sayyoxlar uchun maxsus tayyorlangan teatr tomoshalarini davom ettirmoqda. Navbatdagi madaniy tadbir 2023-yil 3-4 avgust kunlari bòlib òtdi. Unda teatr jamoasi Xon va saroy a’yonlarining shoxona yurishini  xamda qòģirchoqlar aravasi badiiy kompozitsiyasi xam namoyish etildi.

2023-yil 2-avgust  kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri jamoasi Ichan qal’ada  òzaro hamkorlikdagi turizmga doir loyiha asosida navbatdagi madaniy tadbirlarni tashkil etishdi. Jumladan, Xon va saroy a’yonlarining siymolarini gavdalantirgan chiqishlar, milliy qoģirchoq òyinlari xamda folklor chiqishlar xorijiy va maxalliy sayyoxlarda katta taassurot qoldirdi.