Янгиликлар

2024-yil 24-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida teatrning joriy yil repertuar rejasi II choragiga kiritilgan Xristo Stoychevning «Lazgi» (Rejissor: X. Stoychev) spektaklini O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari A. Tadjixanov boshchiligidagi mutasaddi vakillar ishtirokidagi ko’rigi o’tkazildi. Yangi sahna asarini Badiiy Kengashda ko’rib chiqqan vazirlik rahbariyati va mutahassis xodimlaridan iborat vakillar spektaklni yaxshi baholab ommaga namoyish etish bo’yicha  o’z xulosalarini taqdim etgan xolda tegishli taklif va tavsiyalarini ham berishdi.

@Xorazmkukol

2024 — yil 24-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi Xiva shahriga yuqori martabali mehmonlarning tashrifi oldidan o’tkazilayotgan repetitsiya jarayonlarida faol qatnashishdi.

@Xorazmkukol

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 22- dekabr kuni o’tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi kengaytirilgan yig’ilishi yuzasidan 59-sonli Bayon ijrochisi ta’minlash maqsadida 2024 — yil 22-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri yangi binosi tomosha zalida Xorazm viloyati Prokuraturasi xodimlari va ularning oila a’zolari uchun teatr repertuaridagi «Sher va Durroj» spektakli namoyish etildi

2024 — yil 19-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatriga Qoraqalpog’iston Respublikasi Shumanay tumanidagi «Alpomish» oromgohida hordiq chiqarayotgan bolalar tashrif buyurib, repertuaridagi eng qiziqarli tomoshalardan biri «Xurishni eplolmagan kuchuk» spektaklini maroq bilan tomosha qilishdi.

Bolgariyalik rejissor Xristo Stoychev tomonidan sahnalashtirilgan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri 2024-yil repertuar rejasi II choragiga kiritilgan «Lazgi» spektakli teatrning ichki badiiy kengashi ko’rigidan o’tkazilib, tegishli tavsiya va takliflar berildi.