Янгиликлар

2023-yil 24- may kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri jamoasi Ichan qal’ada  òzaro hamkorlikdagi turizmga doir loyiha asosida navbatdagi madaniy tadbirlarni tashkil etishdi. Jumladan, Xon va saroy a’yonlarining siymolarini gavdalantirgan chiqishlar, milliy qoģirchoq òyinlari xamda folklor chiqishlar xorijiy va maxalliy sayyoxlarda katta taassurot qoldirdi.

2023-yil 24-may kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatrida Urganch shahridagi Raqsga ixtisoslashtirilgan maxsus maktab òquvchilari uchun teatr repertuaridagi eng qiziqarli tomoshalardan biri «Quvnoq tomosha»spektakli namoyish etilib, bolalarga òzgacha zavqu-shavq ulashildi.

2023 -yil 22-23 may kunlari Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Ichan qal’adagi muntazam ravishda òtkazilib kelayotgan yangi loyixa asosidagi teatrlashtirilgan tomoshalarning navbatdagisini yanada kòtarinki kayfiyatda tashkil etishdi. Xiva shaxri axolisi, shuningdek maxalliy va xorijiy sayyoxlar Xon saroy a’yonlarining  shoxona yurishlari xamda milliy qòģirchoq òyinlarini maroq bn tomosha qilishdi.

2023 — yil 22- may kuni Xorazm viloyati  qòģirchoq teatri  bir guruh ijodkorlari Xiva tumanidagi umumiy òrta ta’lim maktabida teatr repertuaridagi «Karvon saroy» spektaklini namoyish etishib, òquvchilarga kòtarinki kayfiyat va ma’naviy ozuqa baxsh etishdi.

2023-yil 22 -may kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatriga Xiva shaxridagi 12-son umumiy òrta ta’lim maktabidan bir gurux òquvchi yoshlar tashrif buyurib, teatr repertuaridagi «Quvnoq tomosha»spektaklini tomosha qilishdi.