Янгиликлар

2024- yil 27- mart kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari «Teatr tomoshalari xaftaligi» ning so’nggi kunida teatr san’ati ixlosmandlari uchun  «Xurishni eplolmagan kuchuk» spektaklini namoyish etishdi.
@Xorazmkukol

2024 — yil 2-3 may  kunlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Urganch va Xiva shaharlaridagi MTTlarda teatr repertuaridagi eng qiziqarli tomoshalardan «Quvnoq tomosha» va «Anjuman» spektakllarini namoyish etib, bolajonlarga zavqu shavq ulashishdi.

2024-yil 30- aprel hamda 1-may kunlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrining Ichan qal’a xududida shartnoma asosidagi xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun teatrlashtirilgan tomoshalarni taqdim etishdi. Mazkur jarayonda Xon va saroy a’yonlarining yurishi, Qo’g’irchoqlar aravasi hamda folklor yo’nalishidagi teatrlashtirilgan dasturlar qadimiy shahar mexmonlariga ulkan taassurotlar bag’ishladi.

2024 — yil 1- may kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva tumanidagi OMTTda teatr repertuaridagi «Quvnoq tomosha» spektaklini namoyish etishib, bolajonlarga zavqu shavq ulashishdi.

Xiva shahridagi Najmiddin Kubro ko’chasida Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining yangi binosi qurilishi davom etmoqda. Ayni kunlarda binoning ichki va tashqi pardoz ishlari bo’yicha dastlabki jarayonlar boshlanmoqda.