2023-yil 8 — may kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri ijodkorlari yangi loyiha asosida tashkillashtirilayotgan dasturlar doirasida Xiva shaxrining Ichan qal’a xududida xorijiy va mahalliy sayyoxlar uchun navbatdagi madaniy kòngilochar tomoshalarini taqdim etishdi. Undagi Xon va saroy a’yonlarining shohona yurishlari va milliy qòģirchoq tomoshalari mehmonlarga hayrat baģishladi.
Òzbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2023-yil 22-apreldagi 02-PA 2/1-1027-son xamda Vazirlar Maxkamasining 2023-yil 26 -apreldagi 21/1-884-son topshiriqlari asosidagi reja- grafik bòyicha Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi 2023 — yil 8 — may kuni soat 12:00, 14:00, 16:00 larda Urganch tumani Koromon Madaniyat markazida «Karvon saroy» spektaklini 3 seansda namoyish etishdi. Spektakllar namoyishiga jami 997 nafar òquvchi — tomoshabin tashrif buyurdi.
2023- yil 8 — may kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari Xiva shaxridagi oilaviy MTTda teatr repertuaridan » Quvnoq tomosha» spektaklini namoyish etib, tarbiyalanuvchi bolajonlarga bir olam zavq baģishlashdi.
2023 — yil 7 — may kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Ichan qal’a majmuasida tarixiy shaxarga tashrif buyurgan bir guruh mexmonlar uchun Xon va saroy a’yonlarining teatrlashtirilgan shohona yurishlarini amalga oshirib, shuningdek milliy qòģirchoq òyinlarini tashkil etgan xolda barchaga xursandchilik ulashishdi.
@Xorazmkukol
2023-yil 6-may kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrining Ichan qal’a majmuasida Xon va saroy a’yonlarining qiyofalarini gavdalantirgan xolda teatrlashtirilgan shohona yurishni amalga oshirib kòhna shahar axolisi hamda xorijiy va mahalliy sayyohlarga zavqu shavq ulashishdi.