Янгиликлар

2023-yil 19 — 20 aprel kunlari Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri ijodkorlari yangi loyiha asosida tashkillashtirilayotgan dasturlar doirasida Xiva shaxrining Ichan qal’a xududida xorijiy va mahalliy sayyoxlar uchun navbatdagi madaniy kòngilochar tomoshalarini taqdim etishdi. Undagi Xon va saroy a’yonlarining shohona yurishlari va milliy qòģirchoq tomoshalari mehmonlarga hayrat baģishladi.

2023-yil 17-18 aprel kunlari Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri jamoasi  yangi loyiha asosidagi  dastur doirasida Xiva shaxrining Ichan qal’a xududida xorijiy va mahalliy sayyoxlar uchun  madaniy kòngilochar tomoshalarini namoyish etishdi. Xon va a’yonlarining shohona yurishlari va milliy qòģirchoq tomoshalari mehmonlarga  òzgacha zavqu -shavq onlarini taqdim qildi.
@Xorazmkukol

2023 — yil » 15 — aprel O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’at xodimlari kuni’ munosabati bilan » O’zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida o’tkazilgan tantanali marosimda Xorazm viloyati qòģirchoq teatri adabiy bòlim mudiri Davlatnazar Yusupov teatr san’atidagi sermahsul ijodi va kòp yillik tajribasini inobatga olgan xolda Faxriy yorlig’i bilan, teatrning oliy toifali aktyori Umrbek Allaberganov davlat buyurtmasi asosida saxnalashtirilgan » Jaloliddin Manguberdi» spektaklidagi » Chingizxon» obrazi uchun » Eng yaxshi erkak roli ijrochisi » nominatsiyasi bòyicha diplom bilan taqdirlandi.

2023-yil 17-aprel kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida «15-aprel — Madaniyat va san’at xodimlar kuni » munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan òtkazilgan katta tadbir taassurotlari yuzasidan davra suxbati tashkil etildi. Uni teatr direktori, O’zbekiston Respublikasida xizmat kòrsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev olib borib vazirlik tomonidan taqdirlangan teatr ijodkorlarini jamoa nomidan yana bir bor qutladi. Shuningdek, butun jamoani qutluģ sana bilan qizģin muborakbod qildi.

Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ishlab chiqarish sexida 2023 — yil repertuar rejaning II — choragiga kiritilgan  O’.Qilichevning » Xurishni eplolmagan kuchuk» spektaklining dekoratsiya, qòģirchoq, rekvizit va boshqa kerakli jixozlarijni tayyorlash bòyicha qizģin ishlar davom ettirilmoqda.