13-14 aprel kunlari Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri jamoasi Feruzxon va a’yonlarning chiqishlari ,»Qòģirchoqlar aravasi» teatrlashtirilgan tomoshalari bilan Ichan qal’ada shahar ahli, mehmonlari hamda xorijiy va mahalliy sayyoxlarga zavqu-shavq ulashishdi.
2023-yil 11-12 aprel kunlari Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri ijodkorlari yangi loyiha asosida tashkillashtirilayotgan dasturlar doirasida Xiva shaxrining Ichan qal’a xududida xorijiy va mahalliy sayyoxlar uchun navbatdagi madaniy kòngilochar tomoshalarini taqdim etishdi. Undagi Xon va saroy a’yonlarining shohona yurishlari va milliy qòģirchoq tomoshalari mehmonlarga hayrat baģishladi.
10-aprel kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrining ichan qal’adagi maxalliy va xorijiy sayyoxlar uchun mòljallangan maxsus loyixa asosidagi teatrlashtirilgan tomoshalari davom ettirildi.
2023 -yil 7-aprel kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari «Ichan qal’a» muzey qòriqxonasi bilan xamkorlikdagi loyiha asosida Ichan qal’a xududida navbatdagi milliy qòģirchoq òyinlarini namoyish etib, Xiva shaxri aholisi xamda mexmonlariga, maxalliy va xorijiy sayyohlarga xush kayfiyat ulashishdi.
2023-yil 5 -aprel kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari Urganch shaxridagi DMTT va oilaviy MTTda teatr repertuaridagi «Malikaning alifbosi» spektaklini namoyish qilib, bolajonlarga zavqu — shavq ulashishdi.
6 — aprel kuni ijodiy jamoa Qòshkòpir tumanidagi MTTda eng sara spektakllar namoyishini taqdim etib, tarbiyalanuvchi bolalarni xursand qilishdi.