2024-yil 14-fevral kuni — «Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi » munosabati bilan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida adabiy — badiiy tadbir tashkillashtirildi. Tadbirda teatr direktori, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev, teatr adabiy bòlim mudiri Davlatnazar Yusupovlar Shoh va shoir bobomizning ibratli xayot tarzi va boy adabiy merosi, davlat arbobi sifatidagi faoliyati tòģrisida tòxtalib òtishdi. Badiiy qismda teatr ijodkorlari R.Matyaqubova, A.Tillayeva, S.Bog’ibekova, N.Raximova, Z.Shonazarova va R.Toxirovalar alohida faollik ko’rsatishdi. Teatr aktyorlari Bobur g’azallari va ruboiylaridan namunalar o’qib, tadbirga fayz kiritishdi.
2024-yil 12-13 fevral kunlari Xorazm viloyati qòģirchoq teatri bir gurux ijodkorlari Xiva tumani 1-31-32-37 son umumiy òrta ta’lim maktablarida teatr repertuaridagi «Sayyor teatr tomoshalari» va «Quvnoq tomosha» spektakllari namoyish etishdi.
Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining yangi binosi Xiva shahridagi Najmiddin Kubro ko’chasida qad rostlamoqda. O’tgan davr mobaynida keng ko’lamli qurilish — tiklash ishlari amalga oshirldi. Hozirgi kunga qadar bino 55 % ga tugallangan. Qurilish jarayonlari davom ettirilmoqda.
2024-yil 8 -9 fevral kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri bir gurux ijodkorlari Xiva shahri va tumani bòylab ijodiy safarlari davomida umumiy òrta ta’lim maktablarida teatr repertuaridagi «Sayyor teatr tomoshalari» va «Quvnoq tomosha» spektakllari namoyish etishdi.
2024-yil 7 — fevral kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamosi Xiva shaxridagi umumiy òrta ta’lim maktabida repertuardagi » Sayyor teatr tomoshalari» spektaklini namoyish qilishdi.