2023 — yil 20 — 21 fevral kunlari Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari Urganch tumanidagi umumiy o’ rta ta’lim maktablarida «Karvon Saroy» xamda «Sher va Durroj», Kòshkòpir tumanidagi MTTlarda » Qòzichoģiz qòzichoq» spektakllarini namoyish etishib , òquvchi xamda tarbiyalanuvchi bolajonlarga shodlik ulashishdi.
2023-yil 15- fevral kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Urganch tumanidagi 9 — 43 sonli umumiy òrtata’lim maktablarida teatr repertuaridan joy olgan «Sher va Durroj» va «Karvon saroy » spektakllarini namoyish etishdi.
2023- yil 14- fevral kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida Shoh va shoir Zahiriddin Muxammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan madaniy – ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Uni teatr direktori, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev olib bordi. Tadbirda teatr Adabiy bòlim mudiri Davlatnazar Yusupov ulug’ shoir ijodi va xayoti to’g’risida keng to’xtalib o’tdi. Teatr ijodkorlari ijrosida shoir ijodiga mansub g’azallar ifodali tarzda òqilib òziga xos mushoira tashkil etildi.
2023 -yil 13-fevral kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri bir guruh ijodkorlari Urganch tumani umumta’lim maktablari bòylab ijodiy safarini boshlashdi. Shuningdek, Xiva tumanidagi Oilaviy MTTda teatr repertuaridagi «Qòzichoģim qòzichoq» spektaklini namoyish qilib, bolajonlarni xushnud etishdi.
8-fevral kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri I- toifali aktyori Muxtorbek Masharipov “Ogaxiy ijod maktabi”da Xiva shaxar xokimligi va bir qator tashkilotlar bilan Alisher Navoiy tavalludiga bag’ishlab o’tkazilgan madaniy –ma’rifiy tadbirda buyuk shoir siymosini gavdalantirdi. Shu bilan birga mazkur tadbirning tayyorgarlik jarayonlarida teatr ijodkorlari tomonidan tashkilotchilarga amaliy yordam ko’rsatildi.