2023- yil 25 — yanvar kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida repertuardan òrin olgan X.Rasulning «Qòzichoģim qòzichoq» spektaklini qayta tiklash bòyicha teatr badiiy kengashi muxokamasi òtkazilib, kengash a’zolari tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
2023- yil 18 -yanvar kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri vokal bòyicha repititori Rustamboy Olloquliyev boshchiligida jamoada vokal mashqlari bòyicha navbatdagi mashģulotlar òtkazildi.
Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida » 14-yanvar — Vatan ximoyachilari kuni» munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda ma’ruzachilar Vatan ximoyasi muqaddasligi, yigitlik burchi mavzularida nutq sòzlashdi. Shuningdek, teatrning xotin qiz xodimlari erkak jamoadoshlarini qutluģ sana bilan muborakbod qilishib, òziga xos mushoira òtkazishdi.
2023-yil 10-yanvar kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatrida aktyor Baxtiyor Matniyozov tomonidan «qo’g’irchoqlar xarakati» mashģulotlari òtkazildi. Unda teatrning barcha aktyorlari qatnashishdi.
2023-yil 4-yanvar kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida òtgan yil yakunlari sarxisobi xamda 2023 yangi yil rejalariga baģishlangan yiģilish va tadbir tashkil etildi.
Jamoaning bir guruh ijodkorlari kasaba uyushma tashkilotining yangi yil sovģalari bilan taqdirlanishdi.