🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭🎭
2023-yil 28-dekabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi 🎄🎄☃️☃️Yangi yil bayram dasturlari doirasida
🕚11:00 da Urganch shahridagi «Avesto» yodgorligi bog’ — majmuasida,
🕐13:00 da Urganch temiryo’l vokzali oldidagi maydonda, shuningdek,
🕒15:00 da Xorazm markaziy o’yingoxi hamda
🕔17:00da Amir Temur nomidagi istiroxat bo’gda teatr repertuaridagi
«Grinch Yangi yil o’g’risi» spektaklini namoyish etishib viloyat markazi aholisi va mehmonlariga xaqiqiy bayramona kayfiyat ba’g’ishlashdi.
2023-yil 27 -28 dekabr kunlari Xorazm viloyati qòg’irchoq teatrida yangi yil bayram dasturi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi bòlimi tasarrufidagi ta’lim va tarbiya maskanlaridan tashrif buyurgan bolalar uchun «Grinch Yangi yil òģrisi»spektakli uch seansda namoyish etilib, barcha tomoshabinlarga xushnudlik ulashildi.
26-27-dekabr kunlari Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri ijodkorlari Xiva shaxridagi MTT larda bolajonlarga bayram tomoshalarini taqdim qilishib, Qorbobo va Qorqiz obrazlarini gavdalantirib, hammaga yangi yil shukuhini baģishlashdi.
🎭🎭🎭🎭🎭2023-yil 26-dekabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatriga tashrif buyurgan Xiva shahridagi MTTlardan kichik yoshli tomoshabin bolajonlar uchun
☃️🎄Yangi yil taassurotlariga boy «Grinch Yangi yil o’g’risi» spektakli namoyish etilib, tomoshabin bolajonlarga xursandchilik onlari taqdim qilindi.
☃️☃️🎄🎄❄️❄️Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi Yangi yil bayram tomoshalarini davom ettirib, 2023-yil 25- dekabr kuni Qòshkòpir tumani va Xiva shahridagi MTTlarda bayramga bag’ishlangan mahsus teatrlashtirilgan dasturlarini namoyish qilib, bolajonlarga xursandchilik tuyg’ularini baxsh etishdi.