Янгиликлар

Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari  respublikamiz poytaxti Toshkent shahriga ijodiy safarlarini boshlashdi. 2023- yil 28 — noyabr kuni Òzbek Milliy qòģirchoq teatrida keng tomoshabinlar ommasi uchun teatr repertuaridagi «Jaloliddin Manguberdi» spektakli namoyish etildi. Sahna asari kattayu kichik tomoshabinlar bilan birga mezbon teatr jamoasida ham katta qiziqish uyģotdi.

2023- yil 28-noyabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva Ichan qal’a majmuasiga tashrif buyurgan bir guruh mexmonlar uchun milliy qo’g’irchoq o’yinlarini namoyish etishdi. Shuningdek, ijodkorlar tomonidan «Xon va saroy a’yonlarining shoxona yurishi » xudud bo’ylab teatrlashtirilgan tarzda tashkil etildi.

Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari Ichan Qal’a bòylab maxalliy va xorijiy sayyoxlar uchun maxsus tayyorlangan teatr tomoshalarini davom ettirmoqda. Navbatdagi madaniy tadbir 2023-yil 20-21 noyabr  kunlari bòlib òtdi. Unda teatr jamoasi Xon va saroy a’yonlarining shoxona yurishini  xamda qòģirchoq aravasi badiiy kompozitsiyasi Shuningdek folklor chiqishlari  xam namoyish etildi.

2023-yil 19 — noyabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri bir guruh ijodkorlari respublikamizda bòlib òtayotgan nufuzli tadbir qatnashchilariga Xiva shahrining Ichan qal’a majmuasiga tashriflari jarayonida teatrlashtirilgan sahna asarlari, qòģirchoq tomoshalarini namoyish etgan xolda madaniy xizmat kòrsatishdi.

2023-yil 18-noyabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Xiva shahri Ichan qal’a xududida mexmonlar uchun milliy qòģirchoq òyinlari, milliy xalq òyinlari hamda «58-Xon» teatrlashtirilgan maydon tomoshasini namoyish etishdi.