Янгиликлар

2023-yil 31-oktabr kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatrida mahorat  darslari òtkazayotgan jamoaning ijodiy hamkori Yurgen Saxman Xiva shahar Najmiddin Kubro kòchasida joylashgan teatr yangi binosining qurilishi jarayonlari bòlayotgan maydonga bevosita tashrif buyurib, binoning qurilish tiklash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

2023-yil 31 — oktyabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida Germaniyalik Rejissor  Yurgen Saxmann boshchiligida navbatdagi mahorat darslari òtkazildi. Unda ishtirokchilarning epchilligi va tezkorligiga e’tibor qaratildi.

Kunning ikkinchi yarimida Yurgen Saxmann teatr ijodkorlari ishtirokidagi maxorat darslariga kirishdi. Ushbu jarayonlarda turli xil mashqlar òtkazilib, xar xil mavzulardan foydalanildi. Bu maxorat darslari jamoada yorqin taassurotlar qoldirmoqda.

Teatrga maxsus maxorat darslarini tashkil etish maqsadida kelgan taniqli rejissor Yurgen Saxmann tashrifining birinchi kunidayoq òziga xos jamoaviy mashqlarni òtkazdi.

Shu kuni Yurgen Saxmann Xorazm viloyati qòģirchoq teatriga tashrif buyurdi. Mexmonni teatr jamoasi milliy kuy — qòshiqlar sadolari ostida òzgacha kòtarinkilik va xush kayfiyat bilan kutib olishdi.