Xiva shahrining “Yangi turmush” mahallasi xududida ajratilgan maydonda quruvchi tashkilot — Xiva Qurilish MChJ tomonidan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri yangi binosining qurilish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda. Bino kundan kunga yuksalib òziga xos kòrinish kasb etmoqda.
2023 -yil 30 — sentyabrda «1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan
🎭Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida tadbir tashkil qilindi. Unda teatrning ustoz darajasidagi faxriy xodimlari Davlatnazar Yusupov xamda Davron Ismailovlar shogirdlar tomonidan qutlandi. Tadbir davomida ustozlar sharafiga ijodkor aktyorlar tomonidan she’rlar òqildi va nomlari zikr qilgan ustozlarga esdalik sovģalar topshirildi.
Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining oktyabr oyi repertuari
Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari Ichan Qal’a bòylab maxalliy va xorijiy sayyoxlar uchun maxsus tayyorlangan teatr tomoshalarini davom ettirmoqda. Navbatdagi madaniy tadbir 2023-yil 26-27 sentyabr kunlari bòlib òtdi. Unda teatr jamoasi Xon va saroy a’yonlarining shoxona yurishini xamda qòģirchoq aravasi badiiy kompozitsiyasi Shuningdek folklor chiqishlari xam namoyish etildi.
Òzbekiston Respublikasi Prezidentining «Madaniyat va san’at soxasini yanada rivojlantirishga doir qòshimcha chora tadbirlar tòģrisida»gi 2022-yil 2-fevraldagi PQ 112 -son qarori va Vazirlar Maxkamasining 2023-yil 21- iyuldagi 461 — F /13 son farmoishiga asosan Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri jamoasi teatr tepertuaridagi » Karvon saroy» hamda «Afandi hangomalari» spektakllari bilan Jizzax viloyati bòylab gastrol safarlarini boshladi. 2023-yil 27-sentabr kuni Jizzax qòģirchoq teatrida «Karvon saroy» spektakli tomoshaga tashrif buyurgan umumiy òrta ta’lim maktabi òquvchilari uchun namoyish etildi.
@Xorazmkukol