2026-yil 6-7 aprel kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Xiva shahrining Ichan qal’a majmuasida muntazam namoyish etilayotgan teatrlashtirilgan tomoshalar dasturi doirasida Milliy qo‘g‘irchoq o‘yinlari, «Javohir» folklor guruhi konserti, Xon va saroy a’yonlarining yurishi va repertuardagi spektakllardan parchalar taqdim etgan holda xorijiy va mahalliy sayyohlarga sifatli madaniy xizmat ko‘rsatishdi.

2026-yil 7-8 aprel kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Urganch va Xiva shahridagi MTTlarga tashrif buyurib jajji bolajonlar uchun «Malikaning alifbosi» hamda «Quvnoq ayiqchalar» spektakllarini namoyish etishdi.

2026-yil 7-8 aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga Urganch shahridan tashrif buyurgan «Nihol» nodavlat ta’lim maskani o‘quvchilari uchun teatr mas’ul hodimlari boshchiligida «Sahna ortiga sayohat» dasturi doirasida ekskursiya tadbirlari tashkil etildi. Shuningdek, mazkur o‘quvchilar uchun teatr tomosha zalida «Laylak va qo‘riqchi» spektakli namoyish etildi.

2026-yil 6-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari viloyatning eng chekka hududlaridan biri — Tuproqqal’a tumani bo‘ylab ijodiy safarlari davomida tuman MMTB ga qarashli ta’lim-tarbiya maskanlarida spektakl namoyishlarini taqdim etishdi.
