Xiva shahrining “Yangi turmush” mahallasi xududida ajratilgan maydonda quruvchi tashkilot — Xiva Qurilish MChJ tomonidan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri yangi binosining qurilish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda. Ayni kunda quruvchi ustalar g’ishtdan bino devorlarini tiklash ishlarini olib borishmoqda.
Xorazm viloyati qòğirchoq teatri jamoasi Xiva shahrida ilk bor òtkazilayotgan Xalqaro Etnosport festivalining tantanali ochilish marosimida òzlarining teatrlashtirilgan chiqishlari bilan ishtirok etib, Xalqaro tadbir qatnashchilariga yorqin taassurotlar baxsh etishdi.
Xiva shahrining “Yangi turmush” mahallasi xududida ajratilgan maydonda quruvchi tashkilot — Xiva Qurilish MChJ tomonidan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri yangi binosining qurilish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda. Xozirgi kunga qadar binoning poydevor qismidagi ishlar yakuniga yetkazilib, ģishtdan devor tiklash boshlanib ketdi.
2023-yil 1-sentyabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida Òzbekiston Respublikasi Mustaqillkgining 32 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri doirasida spektakl namoyishi va tomoshabinlar bilan jonli muloqot tarzida uchrashuv òtkazildi. Tadbirda «Sayyor teatr tomoshalari» spektakli namoyish etildi. Mazkur tadbir taassurotlarga boy òtib, tomoshabinlarga bayramona kayfiyat baxsh etdi.
Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari Ichan Qal’a bòylab maxalliy va xorijiy sayyoxlar uchun maxsus tayyorlangan teatr tomoshalarini davom ettirmoqda. Navbatdagi madaniy tadbir 2023-yil 31-avgust kuni bòlib òtdi. Unda teatr jamoasi Xon va saroy a’yonlarining shoxona yurishini xamda qòģirchoq aravasi badiiy kompozitsiyasi Shuningdek folklor chiqishlari xam namoyish etildi.