Янгиликлар

2022-yil 16-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri bir gurux ijodkorlari Xiva shaxridagi Oilaviy nodavlat MTTda repertuardagi Y.Allaberganovning «Xiva lazgisi» spektaklini namoyish etishib, bolajonlarga yuqori kayfiyat baģishlashdi.
MTTlar bòylab ijodiy safarlar davom etmoqda.

2022-yil 14-15-iyun kunlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatr bir gurux ijodkorlari Xiva shaxridagi Oilaviy nodavlat MTTlar bo’ylab ijodiy safarlarini davom ettirishib, repertuardagi Y.Allaberganovning «Xiva lazgisi» xamda M.Quryazovning «Afandi xangomalari» spektakllarini namoyish etishdi.

Хоразм вилояти қўғирчоқ театри ижодий жамоаси Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021-йил 9-февралдаги ПФ-6165-сон фармони 2-иловаси 20-банди ижросини бажара бориб, туризм, ички туризмини янада ривожлантириш борасида янги дастуришлаб чиқди. Ичан қалъа рахбарияти билан хамкорликда “Тунги Хива” мавзуидаги дастурида чет эллик сайёхлар, махаллий сайёхлар, шунингдек вилоят ва шахар ахолиси учун миллий қадриятларни ва халқ оғзаки ижоди намуналари тараннум этувчи рақслар, лапарлар, миллий чолғулар ижросидаги куйлар, миллий қўғирчоқлар томошаларини янги, янада кўркам намойиш қилмоқдалар. Айниқса “Лазги” рақсининг жозибаси, оханрабосини акс эттирувчи “Сурнай лазги”, “Гармон лазги”, “Масхарабоз лазги” турларини такомиллашган тарзда намойиш қилиниши томошабинларда хайратомуз таассурот қолдирмоқда.

2022-yil 10 — iyun kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri bir gurux ijodkorlari yozgi mavsum tomoshalari doirasida Xiva shaxridagi kam ta’minlangan oilalar farzandlari xordiq chiqarayotgan «Ģuncha»bolalar oromgoxida repertuardagi «Xiva lazgisi» spektaklini xayriya tarzida baģaraz namoyish etishdi.

Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining XIII an’anaviy ko‘rik festivalida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Davronbek Atabayev «Eng yaxshi ishbilarmon rahbar» nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
Bu to‘g‘rida 2022 yil 10-iyun kuni festivalning tantanali yopilish va taqdirlash marosimida e’lon qilindi. Teatr rahbari va butun jamoaga nufuzli g‘oliblik va e’tirof qutlug‘ bo‘lsin!