Янгиликлар

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi «Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida» gi PQ-112-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining an’anaviy XIII ko‘rik festivalida Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi Yozef Lada asari asosida Roxila Matniyozova tomonidan saxnalashtirilgan «Sexrli Olma» spektakli bilan ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi «Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida» gi PQ-112-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining an’anaviy XIII ko‘rik festivalida ishtirok etish uchun Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.

2022-yil 3 -iyun kuni Xiva shaxriga yuksak martabali mexmonlarning tashrifi munosabati bilan òtkazilgan tantanali kutib olish marosimi va madaniy tadbirlarda Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi xamjixatlikda faol qatnashdi

“1-Iyunʼ-Xalqaro bolalarni ximoya qilish kuni” munosabati bilan Xorazm viloyati qoʼgʼirchoq teatri bir gurux ijodkorlari Toshkent shaxrida Yuridik oliygox xodimlari farzandlari uchun bayram tomoshasini taqdim etishdi. Shu kuni teatrning yana bir gurux ijodkorlari Qurolli kuchlarimizning Xiva shaxridagi xarbiy qismi xodimlarining farzanlari uchun xam repertuardagi qiziqarli spektakillarni namoyish etib, bolajonlarni bayram bilan qutlashdi.

«1-iyun — Xalqaro bolalarni ximoya qilish kuni»da Xorazm viloyati qòģirchoq teatri bir gurux ijodkorlari Xiva tumanidagi «Zuxra -Fotima» nomli oilaviy MTTga tashrif buyurib, bolajonlarni bayram bilan qutlab, repertuardagi M.Quryazovning «Afandi xangomalari» spektaklini namoyish etishdi.