Янгиликлар

Òzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2 -fevraldagi PQ—112-son Qarorining 3-D-ilovasiga binoan 2022-yil 16-may kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Qashqadaryo viloyati bòylab ijodiy-gastrol safarining navbatdagi kunida viloyatning Qarshi tumanidagi Bishkent shaxarchasidagi 1-son MTT xamda mazkur tuman Xalq ta’limi bòlimiga qarashli umumiy òrtata’lim maktablari bolajonlari uchun teatr repertuaridagi qiziqarli spektakllar namoyishini òtkazdi.

2022 -yil 16-may kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida chex adibi Yozef Ladaning «Sexrli olma» spektakli bòyicha repetitsiya mashģulotlari davom ettirildi. Teatr mazkur spektakl bilan Respublika qòģirchoq teatrlarining XIII-an’anaviy kòrik -festivalida qatnashadi.

2022 — yil 10 — 11- may kunlari Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida Xiva shaxridagi 7-son MTT tarbiyalanuvchilari uchun spektakl tomoshasi taqdim etildi.

2022 -yil 7 -may kuni Xorazm viloyati Xiva shaxrining Ichan qal’a Kòxna ark majmuasida «Qadriyatlarimiz-bebaxo boyligimiz» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari ishtirok etishdi.

2022 yil 7 may kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida Xiva shaxridagi «Улыбка» oilaviy MTT tarbiyalanuvchilari uchun spektakl tomoshasi taqdim etildi. Spektakl bolajonlarga manzur bòldi.