Янгиликлар

2023-yil 12-sentyabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq  teatrida   31- ijodiy mavsumning tantanali ochilishi bo»lib o’tdi. Uni teatr adabiy bo’lim mudiri Davlatnazar Yusupov olib bordi. Ochilish tantanasida teatr direktori, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev so’zga chiqib, teatr ijodiy faoliyati xamda  mavsum ochilishida namoyish etiladigan spektakl xaqida qisqacha ma’lumot berib o’tdi. Tadbirda teatr repertuaridagi yangi spektakllardan biri «Xurishni eplolmagan kuchuk» (muallif: O’Qlichev, rej: G.Yusupova) spektakli namoyish etildi.

Xiva shahrining “Yangi turmush” mahallasi xududida ajratilgan maydonda quruvchi tashkilot — Xiva Qurilish MChJ tomonidan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri yangi binosining  qurilish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.  Ayni kunda quruvchi ustalar g’ishtdan bino devorlarini tiklash ishlarini olib borishmoqda.

Xorazm viloyati qòğirchoq teatri jamoasi Xiva shahrida ilk bor òtkazilayotgan  Xalqaro Etnosport festivalining tantanali ochilish marosimida òzlarining teatrlashtirilgan chiqishlari bilan ishtirok etib, Xalqaro tadbir qatnashchilariga yorqin taassurotlar baxsh etishdi.

Xiva shahrining “Yangi turmush” mahallasi xududida ajratilgan maydonda quruvchi tashkilot — Xiva Qurilish MChJ tomonidan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri yangi binosining  qurilish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.  Xozirgi kunga qadar  binoning poydevor qismidagi ishlar yakuniga yetkazilib, ģishtdan devor tiklash boshlanib ketdi.

2023-yil 1-sentyabr kuni  Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida Òzbekiston Respublikasi Mustaqillkgining 32 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri doirasida spektakl  namoyishi va tomoshabinlar bilan jonli muloqot tarzida uchrashuv òtkazildi. Tadbirda «Sayyor teatr tomoshalari» spektakli namoyish etildi. Mazkur tadbir taassurotlarga boy òtib, tomoshabinlarga bayramona kayfiyat baxsh etdi.