Янгиликлар

2023-yil 14-iyun kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri jamoasi yozgi mavsumda bolalar oromgohlarida bolajonlarga madaniy xizmatlar kòrsatib, teatr tomoshalari namoyishlarini davom ettirgan holda Xiva shahridagi «Alpomish» oromgohidan tashrif buyurgan bir gurux bolajonlarga spektakl taqdim etib, xursandchilik ulashishdi.

2023-yil 12-13-iyun kunlari Xorazm viloyati qòğirchoq teatri jamoasi Ichan qal’ada muntazam ravishda davom ettirilayotgan turizmga doir loyixa asosidagi Xon va saroy a’yonlarining shoxona yurishlari, qòģirchoqlar aravasini namoyish etib kòhna shaxarning xorijiy va maxalliy sayyoxlariga sifatli madaniy xizmat kòrsatishdi.

2023-yil 13 — iyun kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari Qòshkòpir tumanidagi  DMTT tarbiyalanuvchilariga teatr repertuaridagi  «Quvnoq tomosha» spektaklini  namoyish qilishib bolalarga bayram kayfiyati ulashishdi.

2023-yil 12 -iyun kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari òzlarining «Xon chiqishi» teatrlashtirilgan tomoshasi bilan  Maktabgacha va maktab taʼlimi  vazirligi tomonidan ilk marotaba tashkil etilgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo Olimpiadasining ochilish marosimida faol ishtirok etishdi.

2023-yil 12 — iyun kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari Urganch shaxridagi oilaviy MTT tarbiyalanuvchilariga teatr repertuaridagi  «Quvnoq tomosha» spektaklini  namoyish qilishib bolalarga bayram kayfiyati ulashishdi.