2023 — yil 1- iyun «Xalqaro bolalarni ximoya qilish kuni»da Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari teatr binosi oldi maydonida bayramga tashrif buyurgan bolajonlar uchun maxsus teatrlashtirilgan dastur asosida badiiy chiqishlar qilindi, shuningdek » Quvnoq tomosha» spektakli xam namoyish etildi.
Shu kuni Urganch shaxridagi » Sos» — bolalar maxallalari markazida va
Urganch shaxridagi oilaviy MTTda » Qòzichoģim qòzichoq» spektakli namoyish qilindi.
Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari Ichan Qal’a bòylab maxalliy va xorijiy sayyoxlar uchun maxsus tayyorlangan teatr tomoshalarini davom ettirmoqda. Navbatdagi madaniy tadbir 2023-yil 31-may kuni bòlib òtdi. Unda teatr jamoasi Xon va saroy a’yonlarining shoxona yurishini xamda folklor chiqishlarini amalga oshirishdi. Shuningdek , qòģirchoqlar aravasi badiiy kompozitsiyasi xam namoyish etildi.
2023-yil 31-may kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari viloyatning Urganch, Xiva, Qòshkòpir tumanlari oilaviy MTT tarbiyalanuvchilariga teatr repertuaridagi eng sara spektakllardan namoyish qilishib bolalarga bayram kayfiyati ulashishdi.
2023 -yil 29-30 may kunlari Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Ichan qal’adagi muntazam ravishda òtkazilib kelayotgan yangi loyixa asosidagi teatrlashtirilgan tomoshalarning navbatdagisini yanada kòtarinki kayfiyatda tashkil etishdi. Xiva shaxri axolisi, shuningdek maxalliy va xorijiy sayyoxlar Xon saroy a’yonlarining shoxona yurishlari xamda milliy qòģirchoq òyinlarini maroq bn tomosha qilishdi.
2023 — yil 30 — may kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi viloyat markazi Urganch shaxrida Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning farzandlari uchun «1-iyun Xalqaro bolalarni ximoya qilish kuni» munosabati bilan teatr repertuaridagi » Karvon saroy» spektaklini namoyish etishib, tomoshabin bolalarga bayramona kayfiyat ulashishdi.