Янгиликлар

Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Bolalar oromgoxlari bòylab ijodiy safarini boshlab, 2023-yil 6 — iyun kuni Xiva shaxridagi G’uncha oromgoxida 150 nafar bolalarga teatr repertuaridagi eng sara spektakllarni namoyish etishdi.

2023-yil 6-iyun kuni Xorazm viloyati qòğirchoq teati ijodkorlari Xiva shaxridagi 15-son MTTda òtkazilgan «Zukko Bolajon» kitob-albomi taqdimotida qatnashib, tadbirga òziga xos joziba baģishlashdi.

2023 — yil 5 —  iyun kuni Xorazm viloyati qòģirchoq  teatrida  Xiva shaxar va tumani Kòzi ojizlar jamiyati tizimida ishlovchi xodimladning farzandlari uchun  repertuardagi  «Afandi xangomalari» spektakli xayriya tarzida beģaraz namoyish etildi.‌‌

2023-yil 2 — iyun kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari viloyatning Urganch va Xiva shaxridagi oilaviy MTT tarbiyalanuvchilariga teatr repertuaridagi  «Quvnoq tomosha» xamda «Afandi xangomalari» spektakllarni  namoyish qilishib bolalarga bayram kayfiyati ulashishdi.

2023 -yil 1-2 iyun kunlari Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Ichan qal’adagi muntazam ravishda òtkazilib kelayotgan yangi loyixa asosidagi teatrlashtirilgan tomoshalarning navbatdagisini yanada kòtarinki kayfiyatda tashkil etishdi. Xiva shaxri axolisi, shuningdek maxalliy va xorijiy sayyoxlar Xon saroy a’yonlarining  shoxona yurishlari xamda milliy qòģirchoq òyinlarini maroq bn tomosha qilishdi.