Янгиликлар

2023-yil 23 -aprel kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri bir gurux ijodkorlari Xiva shahridagi 16 -son MTTda teatr repertuaridagi «Quvnoq tomosha» spektaklini namoyish etishib, bolajonlarga bir olam zavqu -shavq ulashishdi.

2023-yil 26-aprel kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri bir gurux ijodkorlari Xiva shaxrining Ichan qal’a muzey qo’riqxonasi xududida shaxar axolisi xamda xorijiy va maxalliy sayyoxlar uchun Xon va saroy a’yonlarining siymolarini gavdalantirgan xolda navbatdagi teatrlashtirilgan shoxona yurishni namoyish etishdi.‌‌

Xorazm viloyati qòģirchoq teatri qutluģ ayyom shukuhi bilan Ichan qal’adagi muntazam ravishda òtkazilib kelayotgan yangi loyixa asosidagi teatrlashtirilgan tomoshalarning navbatdagisini yanada kòtarinki kayfiyatda tashkil etishdi. Xiva shaxri axolisi, shuningdek maxalliy va xorijiy sayyoxlar Xon saroy a’yonlarining  shoxona yurishlari xamda milliy qòģirchoq òyinlarini maroq bn tomosha qilishdi.

2023-yil 19 — 20 aprel kunlari Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri ijodkorlari yangi loyiha asosida tashkillashtirilayotgan dasturlar doirasida Xiva shaxrining Ichan qal’a xududida xorijiy va mahalliy sayyoxlar uchun navbatdagi madaniy kòngilochar tomoshalarini taqdim etishdi. Undagi Xon va saroy a’yonlarining shohona yurishlari va milliy qòģirchoq tomoshalari mehmonlarga hayrat baģishladi.

2023-yil 17-18 aprel kunlari Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri jamoasi  yangi loyiha asosidagi  dastur doirasida Xiva shaxrining Ichan qal’a xududida xorijiy va mahalliy sayyoxlar uchun  madaniy kòngilochar tomoshalarini namoyish etishdi. Xon va a’yonlarining shohona yurishlari va milliy qòģirchoq tomoshalari mehmonlarga  òzgacha zavqu -shavq onlarini taqdim qildi.
@Xorazmkukol