Xorazm viloyati qòģirchoq teatri sahnalashtirish bòlimi mutaxassislari teatr iqtidorli ijodkori B.Matniyozov tomonidan kichkintoy tomoshabin bolajonlar uchun sahnalashtirilayotgan «Malikaning alifbosi» spektakli dekorasiyasi va liboslari ustida qizģin ish olib borishmoqda.
XORAZM VILOYATI QO’G’IRCHOQ TEATRI
Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jajji tarbiyalanuvchilari uchun Baxtiyor Matniyozov tomonidan «Malikaning alifbosi» spektakli saxnalashtirilmoqda. Saxna asari tayyor bòlgach, bolajonlarimiz uchun munosib tuxfa bòladi.
2022-yil 10 -avgust kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri oliy toifali aktyori Umrbek Allaberganovning benefisi òtkazildi. Aktyor òz chiqishida òzi ishtirok etgan spektakllardagi rollaridan parchalar ijro etdi. Saxna nutqi bòyicha maxoratini kòrsatib, klassik shoirlar ijodidan namunalar òqidi. U òz chiqishida òziga xos maxorat darsini xam òtkazdi. Shuningdek, òz tajribarsi, malakasi va fikrlari bilan òrtoqlashdi.
2022 yil 6-7 avgust kunlari Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri bir gurux ijodkorlari Xiva shaxrining «Ichan qal’a» xududida dam olish kunlari muntazam òtkazilayotgan «Tungi Xiva» madaniy kòngilochar tadbirida turli xil qòģirchoq òyinlari xamda folklor tomoshalari bilan maxalliy va xorijiy sayyoxlarga shuningdek shaxar axolisiga sifatli madaniy xizmat kòrsatishmoqda.