Янгиликлар

2022-yil 9-mart kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri ijodkorlari joylarda, ma’rifiy-madaniy uchrashuvlar òtkazish tadbirlari doirasida uchrashuv tashkil etishdi. Mazkur uchrashuv Xiva shaxar 2-son maktabda Mexribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va kam ta’minlangan oila farzandlari uchun òtkazilib, unda teatrning 1-toifali aktyori Elyorbek Atabaev, Muxtorbek Masharipov xamda istedodli ijodkorlardan Yusufboy Allaberganovlar ishtirok etib, maskan o‘quvchilari uchun teatr san’ati, aktyo’rlik sir-asrorlari, qòģirchoq teatrining axamiyati tòģrisida ma’lumotlar berishdi. Shuningdek, bolalarning savollariga atroflicha javob qaytarishdi.

2022-yil 7-mart kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri jamoasi Xiva shaxridagi OHMTT da teatr repertuaridagi «Ur tòqmoq» spektaqlini namoyish etishdi.

Muqaddassan ayol
Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida 8 mart- Xalqaro xotin — qizlar kuniga baģishlab «Muqaddassan ayol!» deb nomlangan bayram tadbiri bòlib òtdi. Teatr direktori Davronbek Atabayev, adabiy bòlim mudiri Davlatnazar Yusupov va boshqalar jamoadosh xotin -qizlarni bayram bilan tabriklab ezgu tilaklarini izhor etdilar. Boshlanģich kasaba uyushmasi tashkiloti raisi Yusufboy Allaberganov ham yiģilganlarni qutlab xotin-qizlarga bayram sovģalarini tantanali ravishda topshirdi. Onalarni, Ayollarni madh etuvchi sh’er va qòshiqlar davraga fayz kiritdi, dillarga cheksiz quvonch baxsh etdi.
Teart axborot xizmati.

2022 -yil 5 -mart kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Yangibozor va Gurlan tumanlaridagi Bolalar musiqa va san’at maktablarida taxsil olayotgan bolalar uchun teatr repertuaridagi «Karvon saroy» spektaklini namoyish etishdi

2022 -yil 1 -martdan Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Xonqa tumani umumiy òrta ta’lim maktablari bòylab ijodiy safarini boshladi. 2-mart kuni mazkur tumandagi 45-sonli maktabda «Ur tòqmoq» spektaqlini namoyish etishdi.