2022-йил 14-феврал куни Хоразм вилояти қўғирчоқ театрида шох ва шоир Захириддин Мухаммад Бобур таваллудининг 539 йиллигига бағишлаб “Бобурхонлик кечаси” ўтказилди. Унда театр адабий бўлими мудири Давлатназар Юсупов сўзга чиқиб, Бобурнинг ижодий мероси тўғрисида маьруза қилди. Шунингдек, тадбирнинг бадиий қисмида театрнинг етакчи актёрлари шоир ижодидан намуналарни ифодали ўқишди. Театр актёри Абдуёз Матчанов Бобур ижодига мансуб ғазал асосида қўшиқ куйлади. Тадбир мазмунли ва таассуротларга бой ўтди.
2022-йил 11-февраль куни Хоразм вилояти қўғирчоқ театрига Ўзбекистон Республикаси Маданият вазирлигидан бир гурух мутасаддилар ташриф буюришди. Улар иштироқида учрашув ташкил этилиб мазкур жараёнда Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 2 февралдаги ПК-112 сонли қарори юзасидан ходимлар билан мулоқот ўтказилди.
11- fevral kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrining saxnalashtirish bòlimida 2022 — yil repertuar rejasining I-choragiga belgilangan E. Òrinovning «Bulbul sayraydi boģda» spektakli bòyicha qòģirchoqlarni tayyorlash jarayonlari davom ettirildi.
2022 yil 11 fevral kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida Vokal bòyicha navbatdagi mashģulotlar bòlib òtdi.
2022 — yil 9-fevral kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida bobokalonimiz, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan «Navoiyni anglash — òzlikni anglash» mavzusidagi senariy asosida madaniy-ma’rifiy tadbir òtkazildi. Unda teatr adabiy bòlimi mudiri Davlatnazar Yusupov buyuk shoirning «Munojat» asari tòģrisida ma’ruza qildi. Teatrning yetakchi aktyorlari shoir ijodidan nodir namunalaridan ifodali òqib berishdi. Shuningdek, aktyorlar Shokir Raximov xamda Abduyoz Matchanovlar «Mubtalo bòldim» g’azali asosidagi ashulani jòrovozlikda ijro qilishgan bòlsa Davronbek Otaxonov «Òynar» radifli ģazalni moxirona kuyladi, Rustamboy Ollaquliyev ijrosida xam mumtoz ashulalar yangradi. X.Soipov, E.Atabayev, M.Masharipov, Z.Shonazarova, F.Saitnazarova, A.Tillayeva, F.Davletov, R.Nazarova, U.Allaberganov, M.Sabirova, N.Nazarovalar tadbirda faollik kòrsatishdi. Teatr ishlab chiqarish sexi rassomlari ijod namunalarini namoyish qildi. Tadbir sòngida teatr direktori, Òzbekiston Respublikasida xizmat kòrsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev yakuniy sòzga chiqib, Navoiy daxosi xaqida nutq sòzladi va tadbir ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirdi.