2026-yil 22-fevral yakshanba kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida «Oila kuni» doirasidagi navbatdagi madaniy tadbirga Xiva shahridan aholi vakillari jalb etilib repertuardagi «Sayyor teatr tomoshalari» spektakli namoyish etildi.
2026-yil 22-fevral yakshanba kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida «Oila kuni» doirasidagi navbatdagi madaniy tadbirga Xiva shahridan aholi vakillari jalb etilib repertuardagi «Sayyor teatr tomoshalari» spektakli namoyish etildi.
2026-yil 19-fevral kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida «Sahna ortiga sayohat» ekskursiya tadbirlari doirasidagi navbatdagi jarayonlar bo‘lib o‘tdi. Unda Shovot tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab pedagogik jamoasi va o‘quvchilari teatr ijodiy faoliyati, jumladan, sahnalashtirish bo‘limidagi ish jarayonlari, qo‘g‘irchoq va teatr liboslarining tayyorlanishi bilan yaqindan tanishishdi.

Hurmatli rahbarimiz, teatrimiz direktori, Òzbekiston Respublikasida xizmat kòrsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev ! Sizni tabarruk ayyom — tavallud sanangiz bilan butun jamoa nomidan qizģin qutlaymiz.
Sizga oilaviy baxt, sihat — salomatlik xamda ishlaringizga rivoj tilaymiz.
Uzoq yillar jamoamizga bosh bòlib yurish nasib qilsin.

2026-yil 19-fevral kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahridagi MTTlardan tashrif buyurgan jajji bolajonlar uchun repertuarimizdagi eng sara spektaklimiz namoyish etildi.

2026-yil 17-fevral kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahri 12-son umumiy o‘rta maktab o‘quvchilari uchun teatr repertuaridagi «Oltin kalitcha» spektakli namoyish etildi. Spektakl o‘quvchi bolalarda katta taassurot qoldirdi.
