2021-yil 30 — sentyabrda Xorazm viloyati qo’g‘irchoq teatrida “1-oktyabr -Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag’ishlab madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirni teatr direktori, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev olib bordi. Ustozlarga, fidoyi faxriylarga teatr ma’muriyati nomidan bayram tuxfalari taqdim qilindi. Ularga extirom ko’rsatilib, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Otabek Ismailov o’z ijodidan namunalar o’qidi. Shuningdek, teatr aktyorlari ustozlarni madx etuvchi she’rlardan ishtirokchilar e’tiboriga xavola qilishdi.
Shu bilan birga tadbirning badiiy qismida ustoz va murabbiylar xamda boshqa qatnashchilar uchun milliy folklor namunalari asosidagi konsert dasturi xam taqdim etildi.
2021-yil 27-sentyabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining 29- ijodiy mavsumi ochilishi bo’lib o’tdi. Unda yosh tomoshabinlar uchun Evelina Aripovaning “Sexrli oltin qush ” spektaqli premeras taqdim qilindi.
27 сентября 2021 года открылся 29-й творческий сезон Хорезмского областного театра кукол. Юным зрителям была представлена премьера спектакля Эвелины Ариповой «Волшебная птица Алтын куш».
On September 27, 2021, the 29th creative season of the Khorezm Regional Puppet Theater opened. The premiere of Evelina Aripova’s «Magic Golden Bird» was presented to young audiences.
27-sentyabr Xalqaro turizm kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi Xiva shahrining «Ichan qal’a» muzey qòriqxonasi xududida teatrlashtirilgan maydon tomoshalarini namoyish etib, katta madaniy tadbir ishtirokchilariga xushnudlik ulashdi.
Turkiyaning Anqara shaxrida chop etilgan «Turksoy-Òzbekiston » nomli kitobda Xorazm viloyati qòģirchoq teatrining Xalqaro festivallardagi yutuqlariga baģishlangan suratlar va ma’lumotlar e’lon qilindi.
2021-yil 14-sentyabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi “Markaziy Osiyo jahon sivilizasiyalari chorraxasida” Xalqaro Madaniyat Forumi doirasida Xiva shaxrining Ichan Qal’a xududi Ko’xna Ark me’moriy obidasi old maydonida o’tkazilgan katta ko’lamdagi madaniy tadbirda milliy qo’g’irchoqlar vositasidagi chiqishlari xamda folklor yo’nalishidagi tomoshalari bilan faol ishtirok etdi.
14 сентября 2021 года коллектив Хорезмского областного театра кукол провел грандиозное представление у памятника архитектуры Кухна Арк в районе Ичан-Кала города Хивы в рамках Международного культурного форума «Центральная Азия на перекрестке мировых цивилизаций». Они приняли активное участие в культурном мероприятии с постановками национальных кукол и постановками в направлении национального фольклора.
On September 14, 2021, the Khorezm regional puppet theater team held a grand performance at the Old Ark architectural monument in the Ichan-Kala area of Khiva as part of the International Cultural Forum «Central Asia at the Crossroads of World Civilizations». He took an active part in the cultural event in Lam with performances of national puppets and folklore performances.