2026-yil 11-fevral kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri Kasaba uyushma qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoa a’zolari 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasi bilan tanishtirildi. Mazkur jamoa shartnomasi ishtirokchilar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi va tegishli tartibda tasdiqlandi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida Kasaba uyushmasi qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti hamda kasaba uyushmaning yuqori tashkilotlari bilan hamkorlikda 2025-yil davomida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ham qatnashchilarga axborot berildi.

«Quvnoq ayiqchalar» spektaklini navbatdagi repetitsiya jarayonlari qizg‘in davom qilmoqda.
Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga 2026-yil I choragida belgilangan «Quvnoq ayiqchalar» spektaklini sahnalashtirish uchun Toshkent shahridan tashrif buyurgan tajribali rejissyor Karima Jabbarova boshchiligida navbatdagi repetitsiya jarayonlari qizg‘in davom ettirildi.

2026-yil 7-fevral kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida 2026-yil repertuar rejasining I-choragiga belgilangan «Quvnoq ayiqchalar» spektaklini sahnalashtirish uchun taklif qilingan taniqli rejissyor Karima Jabbarova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda poytaxtdan tashrif buyurgan sahnalashtiruvchi rejissyor hamda ijodiy jamoa o‘rtasida navbatdagi amalga oshiriladigan ishlar va jarayonlar bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatrida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bagʻishlangan adabiy kecha tashkil etildi. Mazkur tadbirda buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy hayoti va ijodi toʻgʻrisida keng töxtalib ötildi.Teatr ijodkorlari tomonidan uluğ shoir ijodiga mansub ğazallar ifodali tarzda öqilib, oʻziga xos mushoira oʻtkazildi. Shuningdek, Navoiy gʻazallari asosida yaratilgan kuy qoʻshiqlar jonli ijroda taqdim etildi.Tadbirni teatr adabiy qism mudiri Davlatnazar Yusupov olib bordi.Teatr direktori Davronbek Atabayev Alisher Navoiy ijodiy merosining jamiat hayotidagi örni haqida öz fikr-mulohazalari bilan örtoqlashdi. Ushbu adabiy kecha barcha qatnashchilarda iliq va unutilmas taassurot qoldirdi.
