Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida yangi yilga bag‘ishlangan bayramona dasturga start berildi. 2025-yil 12-13 dekabr kunlari mazkur bayramona dastur doirasida yangi yil sarguzashtlariga boy, qiziqarli «Yangi yil tilagi» spektakli namoyish etilib, tomoshalarga Maktabgacha va maktab ta’lim tizimiga kiruvchi o‘quv muassasalaridan bolalar va o‘smirlar jalb qilindi.

2025-yil 10-dekabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida butun respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayorgan Siyosiy ma’rifat soatining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Unda teatrning barcha ijodiy va texnik xodimlari ishtirok etishdi. Siyosiy ma’rifat soatida bugungi kun uchun dolzarb mavzular hamda Davlat Madhiyasi to‘g‘risida roliklar tomosha qilinib, tahliliy suhbat o‘tkazildi.

2025-yil 10-dekabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida «O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi kuni» munosabati bilan tantanali tadbir tashkil qilindi. Tadbir avvalida butun jamoa jonajon madhiyamizni jo‘rovozlikda kuylashdi.

🎭🎭🎭
TEATRIMIZDA YANGI YIL
✅Xorazm viloyati Qo‘g‘irchoq teatri jamoasi yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan 2025-yil 10-dekabrdan 2026-yil 10-yanvar kuniga qadar, «Yangi yil tilagi» nomli spektakli bilan bolajonlar uchun yangi yil teatr tomoshasini namoyish etadi.
Murojaat uchun:
📞(91)422-22-29
📞(91)433-34-56
🗓 Barchangizni teatr tomoshalariga taklif etamiz.
#Konstitutsiya_kuni
2025-yil 6-dekabr kuni «8-dekabr-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni» munosabati bilan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida tadbir tashkil etildi. Unda asosiy qonunimizning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda fuqarolarimizning huquq va erkinliklarining kafolati ekanligi to‘g‘risida so‘z bordi.
Teatr jamoasi butun yurtdoshlarimizni Konstitutsiya kuni bilan muborakbod qiladi!
