Янгиликлар

2026-yil 19- avgust kuni  Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Urganch tumandagi MTTlarga tashrif buyurib repertuardagi eng sara spektaklini namoyish etishdi.

@Xorazmkukol

2026-yil 18-avgust kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri joriy yil repertuar rejasi III choragiga belgilangan «Uch quvnoq do‘mboqchalar» spektakli (S.Mixalkov asari, rejissyor F.Hadjayev) teatr ichki badiiy kengashi tomonidan ko’rib chiqildi. Endilikda Madaniyat vazirligi huzuridagi ekspertlar kengashi tomonidan ko’rib chiqilishi belgilanib, ijobiy xulosa olingach, repertuarga qabul qilinishi qayd etildi.

@Xorazmkukol

2026-yil 14-avgust Juma kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida barcha xodimlar ish kunlarini milliy liboslar bilan boshladilar. Milliyligimizga ko’z tegmasin!

@Xorazmkukol

2026-yil 11-12-avgust kunlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri 2026-yilgi repertuar rejasi III choragiga belgilangan S.Seduxinning «Quvnoq do’mboqchalar» pyesasini sahnalashtirish jarayonlariga start berildi. Pyesa poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli rejissyor Fathulla Xadjayev tomonidan sahnalshtirilmoqda.

@Xorazmkukol