Янгиликлар

2025-yil 6-noyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari  Xiva shahrining tarixiy markazi hisoblangan Ichan qal’a  majmuasi hududida Qozog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan nufuzli mehmonlarni tantanali kutib olish marosimida  teatrlashtirilgan dasturlari bilan faol qatnashishdi. Shuningdek,  mazkur mehmonlar uchun Xon va saroy a’yonlarining yurishi teatrlashtirilgan tomoshasi namoyish etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son
Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
2025-yil 6-noyabr kuni Andijon viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Xorazm viloyatiga
ijodiy safarlari doirasida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi tomonidan iliq va tantanali tarzda kutib olindi. Mehmon ijodkorlar “BADJAXL QUYONCHA” spektaklini
namoyish etishdi.

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri respublikamiz poytaxti Toshkent shahrida o‘tkazilgan «Oltin kuz» iqtidorli yoshlar forumida ishtirok etib, «Layli va Majnun» (Alisher Navoiy dostoni asosida Xaytimmat Rasul inssenirovkasi, rejissor O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Shomurod Yusupov) spektaklini namoyish etib, 1—o‘rinni egallashdi. Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrining butun jamoasiga va teatr san’ati ixlosmandlariga mazkur yutuq muborak bo‘lsin!

@Xorazmkukol

2025-yil 31-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Urganch shahri umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchun repertuardagi «Xiva lazgisi» spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol