Янгиликлар

2025-yil 4-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Mikrokredit bank Xorazm viloyati Xiva filiali ishchi xizmatchilari va ularning oila a’zolari uchun «Nigox» NNT bilan ikki tomonlama shartnoma asosida teatr repertuaridagi «Sher va Durroj» spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol

2025-yil 3-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahridagi  MTTlardan tashrif buyurgan bolajonlar uchun teatr repertuardagi  «Xurishni eplolmagan kuchuk» spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol

2025-yil 2-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari  Xiva shahrining tarixiy markazi hisoblangan Ichan qal’a  majmuasi hududida bir guruh nufuzli mehmonlarni tantanali kutib olish marosimida  teatrlashtirilgan dasturlari bilan faol qatnashishdi. Shuningdek,  mazkur mehmonlar uchun  Ko‘hna Ark majmuasida «58-Xon»  teatrlashtirilgan tomoshasi namoyish etildi.

@Xorazmkukol

2025-yil 2-oktyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Bolalar Musiqa va san’at maktablari direktorlarining o‘rinbosarlari teatr faoliyatini yaqindan o‘rganish va o‘zaro hamkorlik qilish maqsadida tashrif buyurishdi. Madaniyat boshqarmasi mutasaddi vakillari hamroxligida tashrif buyurgan mazkur mehmonlar teatr rahbariyati tomonidan iliq kutib olinib, ularni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berildi.

@Xorazmkukol