#Xalqarofestival

Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatri ijodkorlari 27-xalqaro Istanbul Buyukcekmece festivali doirasidagi safarlari davomida Turkiya davlatchiligi tarixi muzeyida boʻlishib, mazkur davlat asoschisi Mustafo Kamol Otaturk hayoti va faoliyatiga oid qimmatli ma’lumotlarga ega boʻlishdi. Shuningdek, muzeyda 1-jahon urushiga doir eksponatlar bilan ham tanishishdi.
@Xorazmkukol
#Xalqarofestival
Turkiya Respublikasida o‘tkazilayotgan 27 — Xalqaro Istanbul Buyukcekmece festivali doirasida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari oltmishdan ortiq qatnashchi davlat vakillari bilan birgalikda Kema Tur tadbirlarida ishtirok etib, dengiz bo‘ylab diqqatga sazovor joylarga sayohat qilishdi.
@Xorazmkukol

Yozgi ta’til vaqtida umum ta’lim maktablari o‘quvchilari, talabalar, mahalladagi yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan davlat teatrlari tomonidan namoyish etiladigan spektallar va teatrlashtirilgan tomoshalar REJA-JADVALI ga asosan 2026-yil 25 va 27-iyul kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xonqa tumanidagi “Jayhun quyoshi” hamda Urganch tumanidagi “Al-Xorazmiy” bolalar oromgohlarida hordiq chiqarayotgan o‘smirlar va bolalar uchun teatr repertuaridagi Yu. Allaberganovning “Xiva Lazgisi” spektakli namoyish etilib, tomoshalarga jami 340 nafar tomoshabin jalb qilindi.
@Xorazmkukol
#Xalqarofestival
Xalqaro Istanbul Buyukcekmece Madaniyat va San’at Festivali doirasida 4-kungi tadbirlar ham maroqli va qiziqarli o’tdi. 62 ta davlatdan 650 ga yaqin san’atkor ishtirok etayotgan nufuzli festivalda Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri milliy liboslarda milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi tomoshalarni taqdim etmoqda. Jumladan, qo’chqor urishtirish, xo’roz urishtirish kabi xalq o’yinlari va Tannozxon chiqishlari tadbirga o’zgacha shukuh bag’ishladi. 2026-yil 26-iyul kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining festivalda ishtirok etgan bir guruh ijodkorlari e’tirof namunasi sifatida maxsus statuetkalar bilan taqdirlanishdi.
@Xorazmkukol

#Xalqarofestival
25-iyul -festivalning navbatdagi kunida barcha qatnashchi davlatlarning galdagi spektakl namoyishlari taqdim etildi. O‘zbekiston nomidan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrining chiqishi bu safar ham tomoshabinlarda katta qi
ziqish uyg‘otdi.
Kechga yaqin Milliy kostyumlar paradi o‘tkazilib, u festival doirasidagi tadbirlar ichida alohida ajralib turdi.
@Xorazmkukol