Янгиликлар

#Gastrol

 

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Rossiya Federatsiyasining Kareliya Respublikasi Petrozavodsk shahriga gastrol safari doirasida teatr repertuaridagi milliy an’analarimiz tarannum etilgan «Xiva lazgisi» spektaklini namoyish etib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Teatr jamoasi Kareliya Respublikasi Madaniyat vazirining «Tashakkurnoma» si bilan taqdirlanishdi.

@Xorazmkukol

#Gastrol

 

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari bugungi kunda 2025-yil 23-25 iyun kunlari Petrozavodsk shahrida bo‘lib o‘tadigan gastrol safari hamda 25-29 iyun kunlari Sankt-Peterburg shahrida o‘tkaziladigan «Xalqaro qo‘g‘irchoq va sintetik teatrlarining KUKART XVII festivali» munosabati bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turishibdi. Jamoa xar ikkala tadbirda ham ishtirok etadi.

@Xorazmkukol

2025-yil 21- iyun kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida yozgi mavsum doirasidagi madaniy tadbirlar davom ettirilib,  teatr tomosha zalida  «Kelajak egalari» oromgohidan tashrif buyurgan bolalar uchun «Sayyor teatr tomoshalari »  spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol

2025-yil 19-iyun kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga O‘qituvchilar malakasini oshirish instituti Xorazm filiali jamoasi tashrif buyurib, teatrning sahnalashtirish bo‘limida jarayonlar bilan yaqindan tanishib, umuman qo‘g‘irchoq teatri haqida atroflicha ma’lumot va taassurotlarga ega bo‘lishdi.

@Xorazmkukol

2025-yil 17- iyun kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida yozgi mavsum doirasidagi madaniy tadbirlar davom ettirilib,  teatr tomosha zalida  «Xiva Gulshani» oromgohidan tashrif buyurgan bolalar uchun «Xurishni eplolmagan kuchuk»  spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol