Янгиликлар

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri 2025-yil repertuar rejasi III choragiga belgilangan R. Cho‘qqiyevning «Oltin kalitcha» pesasini chitka (o‘qish) jarayonlari boshlandi. Teatrga respublikamiz poytaxti Toshkent shahridan taniqli va tajribali rejissor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Xadjayev tashrif buyurgan bo‘lib, mazkur sahna asari ushbu malakali mutaxassis tomonidan sahnalashtiriladi.

2025-yil 13-avgust kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Yangibozor tumani MTTda jajji bolajonlari uchun repertuardagi «Quvnoq tomosha» spektakli namoyish etildi.

2025-yil 9-avgust kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrida o‘tkazilayotgan «Qovun sayli» festivalida o‘ziga xos teatrlashtirilgan chiqishlari bilan katta madaniy tadbir qatnashchilarini mamnun qilishdi.