2025-yil 5-iyul kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari yozgi mavsum doirasida Yangiariq tumanidagi «Uchqun» va «Iqtidor» bolalar oromgohida teatr repertuaridagi» Afandi hangomalari» spektaklini namoyish etishib o‘quvchi yoshlarning yozgi ta’tillariga o‘ziga xos mazmun bag‘ishlashdi.

@Xorazmkukol
2025-yil 4-iyul kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida reja grafik asosida Xiva shahar Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidan tashrif buyurgan tomoshabinlar uchun teatr repertuaridagi M. Ashurovaning «Sayyor teatr tomoshalari» (O. Rahimov) spektakli namoyish etildi. Spektakl namoyishida 160 nafar tomoshabin qatnashdi.

@Xorazmkukol
2025-yil 30-iyun kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahrining tarixiy markazi hisoblangan Ichan qal’a majmuasi hududida bir guruh nufuzli mehmonlarni tantanali kutib olish marosimida teatrlashtirilgan dasturlari bilan faol qatnashishdi. Shuningdek, mazkur mehmonlar uchun Ko‘hna Ark majmuasida «Xon qabuli» teatrlashtirilgan tomoshasi namoyish etildi.

@Xorazmkukol
2025-yil 30-iyun kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Urganch shahridagi Oilaviy MTTda qiziqarli tomoshalardan bo‘lgan «Malikaning alifbosi» spektaklini namoyish etishib, bolajonlarga keng taassurotlar ulashishdi.

@Xorazmkukol
2025-yil 26-iyun kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari yozgi mavsum doirasida viloyatning chekka hududlaridan hisoblangan Tuproqqal’a tumanidagi «Nilufar» bolalar oromgohi hamda 27-iyun kuni Yangiariq tumanidagi «Uchqun» va «Iqtidor» bolalar oromgohida teatr repertuaridagi» Afandi hangomalari» spektaklini namoyish etishib o‘quvchi yoshlarning yozgi ta’tillariga o‘ziga xos mazmun bag‘ishlashdi.

@Xorazmkukol